"Rossiya energetika boyliklaridan siyosiy vosita sifatida foydalandi"


Jeymstaun Jamg’armasi o’tkazgan forumda ‘Rossiya energetika boyliklaridan siyosiy vosita sifatida foydalandi’, degan fikr olg’a surildi. Olim Adrian Karatniki va Garvard Universiteti professori Marshal Goldman fikricha, Ukrainaga gaz ta’minotini kesib qo’yish orqali, Gazprom va prezident Putin Ukraina iqtisodiy jihatdan Rossiyaga bog’liq ekanini eslatib qo’ymoqchi bo’lganlar.

Professor Goldman nazarida, Rossiya o’zini bu mojaroda g’olib deb biladi. Karatnikining aytishicha, Rossiya gaz narxini ikki baravarga ko’targani Ukraina iqtisodiyotiga sal og’ir tushsa-da, bu oxir-oqibat Ukraina sanoatining samaraliroq bo’lishiga olib keladi.

"Endilikda Ukraina hukumati energetika manbalarini tadqiq qilishga sharoit yaratmoqda. Bu juda muhim," -deydi janob Karatniki.

Goldmanning aytishicha, g’arbiy Yevropa neft va gaz importlarining katta qismini Rossiyadan oladi. Quvurlarning bir nechasi Ukraina xududidan o’tadi. Ehtimol prezident Putin Yevropa voqeada Rossiyani emas, Ukrainani ayblaydi deb hisoblagan, deydi professor.

"Yevropa ilojsiz, ular meni quvvatlaydi, chunki ularga neft va gaz kerak, deb o’ylagan Putin."

G’arbiy Yevropa esa muqobil energetika manbalarini izlash orqali javob qaytardi. Rossiya buni kutmagan edi, deydu Goldman. Muxbirimiz Berri Vudning xabar berishicha, Rossiya va Ukraina orasidagi yangi moliyaviy kelishuv tafsilotlari haligacha noma’lum.

XS
SM
MD
LG