Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari-16 fevral


TURKMANISTON

Turkmanistonning Neft, Gaz va Tabiiy resurslar vaziri Gurbanmurot Atayevning ta’kidlashicha, rasmiy Ashgabat Turkmaniston-Afg’oniston-Pokiston gaz quvirini uning eksportidagi eng muhim yo’nalish, deya ta’riflamoqda.

“Mazkur loyiha shunisi bilan muhimki, birinchidan iste’molchilar doirasi kengayadi, ikkinchidan Turkmaniston betaraf mamlakat sifatida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga ko’maklashib, odamlar hayotini yaxshilaydi,” deya fikr bildirdi vazir Atayev.

Dastur Turkmanistonda gaz ishlab chiqarishni yiliga 240 milliard kubometrga yetkazishi mumkin, deydi u.

TOJIKISTON

19 fevral kuni Afg’oniston, Eron va Tojikiston energetika vazirlari o’rtasida uchrashuv bo’lishi kutilmoqda, deya xabar beradi Ria Novosti agentligi. Dushanbe shahrida bo’ladigan yig’ilishda vazirlar Tojikistondan Eronga Afg’oniston orqali elektr quvvati yetkazish uchun, 200 million dollarli qurilish loyihasini muhokama qiladilar. Tojikiston energetika vazirligining matbuot xizmatiga ko’ra, besh yil mobaynida mamlakatning Sangto'da viloyatida gidroelektrostansiya qurilib, loyiha ishga tushirilishi lozim.

Shuningdek, 20 fevral kuni rasmiy Tehron vakillari Tojikistonda Sangto'da-2 gidroelektrostansiyasini qurish borasida ham muzokara boshlashi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG