BMT qochqinlar agentligi 11 o'zbekistonlik taqdiridan xavotirda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo’yicha agentligi Ukraina tomonidan majburan vataniga chiqarib yuborilgan 11 nafar o’zbekistonlikka nisbatan O’zbekiston hukumatini insonparvarlarcha munosabatda bo’lishga chaqirmoqda.

BMT ning Qochqinlar bo’yicha Bosh komissariati so’zlovchisi Ron Redmondga ko’ra, agentlik seshanba kuni O’zbekistonga chiqarilgan kishilar taqdiridan xavotirda. O’zbekiston hukumati Ukrainadan chiqarilgan 11 kishini o’tgan may oyidagi Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblamoqda.

Inson huquqlari himoyasi bilan xalqaro miqyosda shug’ullanuvchi Xyumen Rayts Uotch (Human Rights Watch) tashkilotiga ko’ra, o’zbekistonliklarni qochqinlik maqomi haqidagi arizalarini ko’rib chiqmasdan turib, ularni majburiy deportatsiya qilish bilan Ukraina xalqaro huquqqa xilof ish qilgan. Xyumen Rayts Uotch ularning O’zbekistonda qiynoqlarga solinishidan xavotirda.

XS
SM
MD
LG