"Amerika sehrli diyor emas, imkoniyatlar makoni"


Amerika - muhojirlar mamlakati. Norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Amerikada 10 mingga yaqin etnik o’zbek yashaydi. Afg’onistonlik va turkiyalik o’zbeklar qatorida o’zbekistonliklar ham kam emas.

Qashqadaryo viloyatida tug’ilib voyaga yetgan Nilufar Jumayeva 90-yillar boshida Toshkent Chet Tillar Institutining (hozirda O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti) ingliz tili fakultetini bitirgan va qator xalqaro tashkilotlar va diplomatik idoralarda ishlagan.

Bundan olti yilcha avval esa Nilufar Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi grin-karta lotoreyasi g'olibi sifatida AQShga ko’chib keldi.

Hozirda Nilufar Amerika fuqarosi. Shu yerda turmush qurgan va farzandli. Vashingtonda xalqaro taraqqiyot bo’yicha bir nohukumat tashkilotida ishlaydi. Yaqinda Nilufar Amerika Ovozi bilan muhojirlik sirlari va mashaqqatlari haqida o’rtoqlashdi. Tafsilotlarni yuqoridagi lavhadan tinglang.

XS
SM
MD
LG