Breaking News

Eron uranini Rossiyada boyitish bo'yicha muzokara samarasiz tugadi


Eron va Rossiya o’rtasida Eronning yadroviy energiyaga ehtiyojini qondiruvchi kelishuv imzolanishi ehtimoldan xoli emas. Xitoy esa Eronni uranni boyitish faoliyatini to’xtatishga chaqirmoqda. Pekindagi muxbirimiz Luiz Ramirezning xabar berishicha, Germaniya tashqi ishlar vaziri agar Eron haqiqatdan ham yadro qurollari ishlab chiqarish niyatida bo’lsa, sanksiyalardan qochib qutulolmaydi, deya ta’kidlamoqda.

Xitoy doimo g’arb va Eron o’rtasidagi ziddiyat muzokara orqali yechilishi kerak deya, Tehronga qarshi keskin chora ko’rishga qarshilik bildirib kelgan.

Rossiya esa Eron uranini boyitib berishni taklif qilmoqda. Kuzatuvchilar nazarida, bunday kelishuv Eron dasturi ustidan ma’lum bir darajada tashqi nazorat o’rnatgan bo’lar edi.

Bugun Moskvada Rossiyaning taklifi bo’yicha muzokara o’tkazilar ekan, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Liu Tsianchao uni quvvatlashini bildirdi va Eronni o’z tahdidlaridan qaytishga chaqirdi.

"Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, Xitoy Eron uranni boyitish faoliyatini to’xtatib, Eron masalasini yechishga qaratilgan muzokaraga zamin yaratadi, deb umid qiladi," -deydi Xitoy tashqi ishlar vaziri.

Ammo Moskvadan olingan xabarlarga ko’ra, Rossiya poytaxtida o’tkazilgan muzokara natija bermay, Eron delegatsiyasi Tehronga qaytgan. Biroq delegatsiya rahbari Ali Xusaynitoshning aytishicha, muzokara "ijobiy va konstruktiv" tarzda o'tgan.

Muxbirimiz Luiz Ramirezning xabar berishicha, Eron va Rossiya muzokarani Tehronda davom ettirish niyatida, ammo aniq bir vaqt belgilanmagan.

XS
SM
MD
LG