Markaziy Osiyo xabarlari-22 fevral


QOZOG’ISTON

Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Qosimjo’mart Tokayev 26 fevraldan 1 martga qadar, Xitoy tashqi ishlar vaziri Li Jaoxing taklifiga binoan Xitoyga rasmiy tashrif bilan keladi.

Tashrif davomida Tokayev Xitoyning bir qator rasmiylari bilan ucrashib, ikkala mamlakat orasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Shanghay hamkorlik tashkiloti a’zolari orasidagi hamkorlik masalalari muzokaralar diqqat markazida bo’ladi.

QIRG’IZISTON

Osh viloyatida 6 kishi ich terlamasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. O’tgan haftada esa Moyli Su shahridagi shifoxanaga keltirilgan 8 kishidan besh nafarida terlama kasalligi aniqlangan. Qolganlariga esa ich-ketar tashxisi qo’yilgan, deya xabar bermoqda mahalliy santitariya va epidemiologiya markazi vakillari. Jalolobod viloyati markazi hisoblangan Moyli Suv shaharchasida 25 mingga yaqin aholi istiqomat qilib, Sovet hukumati davrida uran chiqindilari saqlanadigan hudud sifatida tanilgan. Kasallik ham aynan chiqindilar ta’sirida kelib chiqqan deya taxmin qilinmoqda.

Qir’giziston mavzusini davom ettirgan holda. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vaziri o’rinbosari Bakir Choriyevga ko’ra, bugun poytaxt Bishkekda Xalqaro valyuta jamg’armasi delegatsiyasi rahbari Paulo Neuhaus bilan mamlakatdagi favqulodda vaziyatlar muammolari xususida muzokara olib borilgan. Vazirlik matbuot xizmatiga ko’ra, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun moliyaviy yordam kerak. Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi ushbu mavzuni mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash dasturi doirasida ko’rib chiqishini bildirgan.

TURKMANISTON

Hindiston, Turkmaniston-Afg’oniston-Pokiston gaz quvuri loyihasida ishtirok etmoqchi ekanligini bildirdi. Mamlakat rasmiylari ilk bor uch davlat vakillari ishtirokida o’tadigan qo’mita yig’ilishida kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Hindiston Yo’nilg’i vaziri Murli Deoraga ko’ra, hozirda loyihada qatnashish uchun vazirlar mahkamasidan 3.5 milliard dollar so’ralgan. 90 kun davomida taklif va kerakli hujjatlar ko’rib chiqilgach, aniq qarorga kelinadi. Vazirga ko’ra, Turkmaniston gaz quvuri loyihasi Eron-Pokiston-Hindiston gaz quvuriga qaraganda ancha afzaldir. Ushbu dastur, shuningdek, Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan quvvatlanmoqda.

XS
SM
MD
LG