Iroqda shialar ziyoratgohiga hujum qonli zo'ravonliklarga sabab bo'ldi


22 fevral kuni Iroqning Samarra shahrida Askariya ziyoratgohida uyushtirilgan portlash Iroq bo’ylab boshqa hujumlarga sabab bo’ldi. Ularda o'sha kundan beri beri 130 dan ortiq kishi, asosan sunniylar, halok bo’lgan. Zo’ravonliklar mamlakatdagi siyosiy jarayonlarni xavf ostiga qo’ygan.

Ziyoratgohdagi portlashga javoban bir qator sunniy masjidlariga hujum qilingandan so’ng, Bag’dod xavfsizlik kuchlari oyoqqa turg’izildi. Sunniylarning bir necha peshvosi o’g’irlandi va o’ldirildi. Al-Arabiya televideniyesining uch jurnalisti ham o’ldirilgan.

Bag’dod, Karbalo, Kut, Tal-Afar va Najaf shaharlarida shialar ziyoratgohiga qilingan hujumni qoralab, norozilik namoyishlari o’tkazildi. Sunni va shia musulmonlarning ba'zi yetakchilari tinchlik saqlashga chaqirdi. Sunniylarning Iroq Ummummamlakat Kelishuv partiyasi rahbari Xalif Oy-Iyolon hujum mazhablar-aro fuqarolik urushini boshlashi mumkin, deya ogohlantirdi. Shialar vakili Maxmud Al-Sarki esa hujum ortida diniy emas, siyosiy sabablar yotibdi, deb ta’kidladi.

President Bush hujumni shia va sunniylar orasiga nizo keltirishga qaratilgan siyosiy harakat, deb baholadi.

"Ziyoratgohga qilingan yovuz hujum zo’ravonliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan siyosiy harakatdir," -dedi Bush.

Muxbirimiz Gari Tomasning xabar berishicha, ba’zi diniy yetakchilar AQShni hamda Iroq hukumatini 1200 yillik ziyoratgohni himoya qila olmaganlikda ayblashgan. Hujumni kim uyushtirgani hozirgacha noma’lum.

XS
SM
MD
LG