Eronga ko'ra, AQSh yadro muzokaralarini buzishga urinmoqda


Eronga ko’ra, AQSh Eron va Rossiya o’rtasida olib borilayotgan yadro muzokaralarini buzishga urinmoqda. Kecha AQSh Davlat departamenti bu davoni rad etib, Eronning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga uning o’zi aybdor, deya bildirdi.

Bush ma’muriyati Eron yadro dasturi atrofidagi mojaroga yechim topish Rossiya qilayotgan sayi-harakatlarni quvvatlashini yana bir bor takrorladi. Eronning ‘AQSh muzokarani buzishga harakat qilmoqda’, degan davosi esa haqiqatga to’gri kelmaydi, deya bildirdi AQSh.

Ma’lumki, Rossiya Eron uranini boyitib berishni taklif qilmoqda. Ammo Rossiya rasmiylariga ko’ra, Moskvada o’tkazilgan so’nggi muzokara yana to’xtab qolgan, chunki Eron uranning bir qismini o’zimiz boyitamiz, deb turib olgan.

AQSh Davlat departamenti vakili Adam Ereli fikricha:

- Mavjud vaziyatda Eron faqat o’zini ayblashi kerak. Agar Eron tashqaridan aybdorlarni topish niyatida bo’lsa, 10 dan ortiq mamlakat ular amalga oshirayotgan ishlardan xavotirda.

Eron vakili Ali Larijoniga ko’ra, agar Atom Energiyasi bo’yicha Xalqaro Boshqarma Eron masalasini BMT Xavfsizlik Kengashiga oshirsa, Moskvada o’tkazilayotgan muzokaraga nuqta qo’yiladi.

XS
SM
MD
LG