AQSh: Qirg’iziston nodavlat tashkilotlarni tazyiqqa olmasligi kerak


O’tgan bir yil ichida qirg’iz xalqi demokratiya qurishga harakat qildi. Jarayon 2005 yil mart oyida boshlangan, bo’lib, o’shanda minglab namoyishchilar Bishkekdagi hukumat binosini ishg’ol qilgan. Namoyishlar Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti parlament saylovlarini soxtalashtirilgan deb tan olganidan so’ng boshlangan edi. Ular prezident Askar Akayevning mamlakatni tark etishi bilan yakunlandi.

O’shandan buyon Qirg’iziston hukumati prezident saylovlarini qo’llab-quvvatlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va matbuot erkinligini rag’batlantirish orqali mamlakatda demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Biroq Adliya vazirligining chet-eldan kelayotgan mablag’ hisobiga moliyalanayotgan nodavlat tashkilotlarni taftish qilishi haqidagi rejasi qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni puchga chiqarmoqda.

Qirg’iziston Adliya vazirligi o’zining 24 yanvardagi bayonotidan qaytgan ko’rinadi. Vazirlikning nodavlat tashkilot sifatida qayd etilgan diniy guruhlar hujjatlarini ko’zdan kechirish bo’yicha qarori prezident Bakiyevning fuqarolik jamiyatiga bildirayotgan madadiga ziddir. Bunday harakatlar sobiq prezident Akayev tuzumi 2004-2005 yillarda nodavlat tashkilotlar va mustaqil matbuotga qarshi o’tkazgan ta’qibini eslatadi. Akayevning harakatlari o’shanda ish bermagan, chunki nodavlat tashkilotlar o’shanda hozirgiga o’xshab qarshilik ko’rsatganlar.

Nodavlat tashkilotlarning diniy bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, ularni asossiz taftish qilish Qirg’izistonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti oldidagi majburiyatlariga xilofdir. Ushbu majburiyatlarga ko’ra, tashkilotga a’zo davlatlar uyushish erkinligi va nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritish huquqini qo’llab-quvvatlashi lozim. Bunga, shuningdek, tashkilotlarning xalqaro manbalardan ko’ngilli ravishda moliyaviy yordam so’rashi va olishi ham kiradi.

Qo’shma Shtatlar Qirg’izistonning demokratik islohotlar yo’lidagi olg’a qadamlarini tan oladi. Nohukumat tashkilotlarga Sovet davrida bo’lgani kabi zulm o’tkazish Qirg’iziston hukumati manfaatiga qarshidir.

Qirg’iziston fuqarolik jamiyatini qurish bo’yicha Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakatdir. Bu borada olg’a qadam qo’yishda davom etish kerak. Buning uchun fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlaridan biri – diniy va boshqa nohukumat tashkilotlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun ruxsat berish kerak.

XS
SM
MD
LG