Breaking News

Yangi hisobot AQSh-Rossiya munosabatlariga baho beradi


AQShdagi hukumatdan mustaqil Tashqi aloqalar kengashi 5 mart kuni AQSh Rossiya munosabatlariga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Unda aloqalar qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanmoqda, deb xulosa qilingan. Hisobot Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning shu haftada Vashingtonga tashrifiga to’g’ri kelmoqda.

Tashqi aloqalar kengashi chop etgan hisobotda Rossiya demokratik boshqaruvdan uzoqlashyapti, bu esa o’z navbatida ikki davlatning turli xalqaro masalalardagi hamkorligini qiyinlashtirmoqda, deyilgan. Iyulda Moskvada Katta Sakkizlikka a’zo-davlatlar sammiti bo’lib o’tadi. Putinning AQSh dagi tanqidchilari rasmiy Vashingtondan sammitni rad etishga chaqirgan. Ular nazarida, rasmiy Moskvaning siyosati nodemokratik tus olmoqda. Nodavlat tashkilotlar faoliyatini cheklashga qaratilgan yangi qonun, Rossiyaning energoresurslaridan siyosiy qurol sifatida foydalanish hamda Markaziy Osiyoda AQSh va NATO ning harbiy faoliyatini cheklash ana shu nodemokratik siyosat ko’rsatkichlaridir.

Shunga qaramay, deydi Tashqi aloqalar kengashi ham-raisi, sobiq kongressmen Jek Kemp, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar juda muhimdir.

"Jahondagi barch dolzarb masalalarning Rossiya bilan hamkorliksiz hal qilinishi mumkin emasligini ko’pchilik tushunadi," deydi u. "Bunday masalalarga yadro qurollarini tarqatmaslik, terrorizm, Eron va Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o’tkazish, SPID ga qarshi kurash, qoloq mamlakatlarda qashshoqlikni kamaytirish kiradi va bu masalalarda Rossiyaning hamkorligiga muhtojmiz. Demak, Rossiya bilan aloqalarning pragmatik taraflarini rivojlantirishimiz kerak."

Biroq, deydi Kemp, Katta Sakkizlikning yetti a’zosi Rossiyaga bir narsani yaxshilab tushuntirishi kerak.

"Agar Rossiya Eron, Shimoliy Koreya, yadro masalalari va terrorga qarshi urushda hamkorlik qilmasa, u holda Katta Sakkizlik ilgarigiday yana Katta Yettilikka aylanadi," deb tushuntiradi Kemp.

Hisobotni chiqargan Tashqi aloqalar kengashining boshqa raislaridan biri sobiq senator Jon Edvards ham Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirish kerak deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG