Makraziy Osiyo xabarlari-7 mart


QIRG’IZISTON

“AQSh Qirg’izistonda anti-terror koalitsiya kuchlari uchun ajratilgan xalqaro Manas aviabazasini Eronga qarshi hujumlarda ishlata olmaydi.” Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Alikbek Jeshkenkulov bu haqda bayonot qilar ekan, rasmiy Vashington va Tehron o’rtasida munosabatlar sovuqlashadigan taqdirda, AQSh aviabazadan harbiy maqsadlarda foydalana olmaydi, deya ta’kidladi. Jeshkenkulovning bildirishicha, Manas aviabazasi faqatgina Afg’onistondagi operatsiyalar uchun mo’ljallangan.

“Bu aviabaza Markaziy Osiyo mamlakatrlariga, jumladan Eronga ham tahdid solmasligi kerak. “Uchinchi mamlakatga qarshi uni ishlatish mumkin emas”, dedi Jeshkenkulov kuni kecha o’tgan matbuot anjumanida.

QOZOG’ISTON-UKRAINA

Ukrainaning Sevastopzol shahrida Qozog’iston mudofaa vazirligi vakillari va Ukraina floti rasmiylari uchrashdi. Uchrashuv davomida ikkala mamlakat orasidagi harbiy hamkorlik, texnik va tajriba almashinuv mashqlari borasidagi masalalar muhokama etildi.

TOJIKISTON

Jahon Bankining Tojikistondagi eksperti O’tkir Umarov, matbuot anjumanida chiqish qilib, Rossiya, Eron va bir qator boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlarning Tojikiston iqtisodiyotini barqarorlashtirish, hamda mustahkamlashdagi roli beqiyos, dedi.

Jahon Bankining Tojikiston iqtisodiyoti borasidagi bayonotini o’qib eshittirar ekan, Umarov, Tojikiston rasmiylari xorijiy sarmoyadorlar ishonchini qozonish uchun ularga barcha sharoitlarni yaratib berishlari lozim, dedi. U Eron hamda Rossiya sarmoyasi yordamida qad rostlayotgan bir necha gidro elektr-stansiyalari Tojikiston iqtisodiyotiga salmoqli foyda keltirishini ta’kidlab o’tdi.

XS
SM
MD
LG