Tojikistonda dindorlar tazyiq ostida


Diniy erkinliklar himoyasi bilan shug’ullanuvchi “Forum-18” tashkilotining xabar qilishicha, Tojikiston shimolidagi musulmonlarga qarshi tazyiq kuchaymoqda. Tashkilotga ko’ra, So’g’d viloyatining ayrim maktablarida o’quvchilarning hijobda kelishi taqiqlangan, 4 nafar mahalliy masjidlar imomlari lavozimlaridan ozod qilingan. Ayrim inson huquqlari faollariga ko’ra, muslmonlarni tazyiqqa olish holatlari ko’paymoqda. "Forum-18" tashkiloti Inson Huquqlari Deklaratsiyasining 18-moddasi, ya’ni e’tiqod qilish huquqini targ’ib qiluvchi, qarorgohi Norvegiyada joylashgan tashkilotdir.

Markaziy Osiyodagi boshqa xabarlar

QOZOG’ISTON - AQShning Qozog’istondagi favqulotda va muxtor elchisi Jon Ordvey muxolifatchi Altinbek Sarsenbayevning o’limi mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka ta’sir qilmaydi, deya fikr bildirdi. “Men Qozog’istonning siyosiy barqarorligiga ta’sir qiladigan biron bir sabab borligiga ishonmayman”, dedi janob Ordvey kecha o’tgan matbuot anjumanida.

Ammo shuningdek AQSh elchisi, Sarsenbayevning o’limi yuzasidan mustaqil va professional tergov o’tkazilishi, va uning natijalari ommaga oshkor etilishi lozimligini ham ta’kidlab o’tdi.

O’ZBEKISTON-HINDISTON

Hindistonning Tijorat ishlari boy’icha vaziri Jairam Ramesh O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarga urg’u berib, xususan informatsion texnologiyalar va neft-gaz sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish lozim, dedi.

Yaqinda Hindiston O’zbekistonda informatsion texnologiya mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslarini yo’lga qo’ydi, hamda ba’zi o’quv yurtlariga grantlar ajratib, kompyuter markazlarini ochdi, dedi Hindiston vaziri.

XS
SM
MD
LG