Breaking News

O'zbekistonlik talaba AQShda ta'til vaqtida halok bo'ldi


AQShning Alabama shtatida joylashgan Troya Universitetiga 2006 yil yanvar oyida tahsil olish uchun Samarqanddan kelgan 23 yoshli Zamir Maqsudov, olingan xabarlarga ko’ra, 21 mart kuni Florida shtatining Panama Siti Bich shahridagi plyajlarning birida suvga cho’kkan va shahar kasalxonasida jon bergan.

Troya Universiteti dekani Xerb Rivsga ko’ra, Zamir Maqsudov Panamaga do’stlari bilan bahor ta’tilini o’tkazish uchun borgan edi. U Troya Universitetida biznes boshqaruvi bo’yicha magistrlik dasturini endigina boshlagan edi.

XS
SM
MD
LG