Breaking News

"Samarqanddagi qotillik" kitobi asosida film yaratilmoqda


2002-2004 yillarda Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi bo’lgan Kreyg Myurreyning (Craig Murray) ta’kidlashicha, yaqin kunlarda uning qalamiga mansub “Samarqanddagi qotillik” kitobi asosida badiiy film suratga olinadi.

Kitob Britaniyada asoslangan “Revolution” kinokompaniyasi tomonidan sotib olinib, uning ssenariysi ustida ishlanmoqda. Gaanada dam olayotgan Myurrey Britaniyaning “Guardian” gazetasiga intervyu berar ekan, “Ko’ramiz, ular filmni ta’qiqlashga urinisharmikan”, - deya fikr bildirdi.

“Samarqanddagi qotillik” kitobi Kreyg Myurreyning O’zbekistondagi diplomatik missiyasi davomida yozilgan bo’lib, o’z ichiga josuslik, zo’ravonlik, siyosiy o’yinlar, shahvoniyat va qotillik mavzularini qamrab olgan.

Film haqiqiy kishilar va voqealarga asoslanadi. Sobiq elchi Myurrey rolini filmda britaniyalik aktyor Stiv Kugan (Steve Coogan) o‘ynashi kutilmoqda. Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jek Stro (Jack Straw) va O’zbekiston prezidenti Islom Karimov roliga kimlar taklif etilishi hozircha ma’lum emas.

“Film ham hajviy, ham drama, ham qo’rqinchli epizodlarni o’z ichiga oladi”, - dedi Kugan “Guardian” gazetasiga bergan intervyusida.

XS
SM
MD
LG