Breaking News

Rossiya yil boshidan beri 19 o'zbekistonlikni ekstraditsiya qilgan


Rossiya Federal xavfsizlik xizmati birinchi o’rinbosari Sergey Smirnovga ko’ra, shu yil boshidan beri Rossiya hududida 19 nafar o’zbekistonlik Hizb-ut-Tahrir islomiy guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib ushlangan va O’zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

“Hizb-ut-Tahrir Markaziy Osiyo mamlakatlariga tahdid solib, nafaqat O’zbekistonda balki Rossiyada ham terorizmga da’vat qilib kelmoqda”, -dedi Smirnov Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Toshkentdagi Regional anti-terror markazida o’tgan yig’ilishda.

XS
SM
MD
LG