Breaking News

BMT tergovchisi Rossiya qamoqxonalarini ko'zdan kechiradi


Rasmiy Moskva Birlashgan Millatlar Tashkilotining qiynoqlar bo’yicha maxsus tergovchisiga Rossiyaga, jumladan Chechenistonga safar qilishga ruxsat berdi. Jenevadagi muxbirimiz Liza Shlaynning xabar berishicha, Rossiya rasmiylari bu kabi tashrifga 1994 yildan beri ilk bor ko’nishmoqda.

BMT tergovchisi Manfred Novakning (Manfred Nowak) Rossiyaga tashrifi sentyabr yoki oktyabr oyiga mo’ljallangan. Hozircha aniq vaqt belgilanmagan, ammo Moskva va Chechenistondagi qamoqxonalarni albatta ko'zdan kechiraman, deydi u.

"Qiynoqlar hamda mahbuslarni tahqirlash borasida juda jiddiy da’volar qilingan. Qurbonlar soni haqida hozircha hech narsa deyolmayman. Odatda hukumat bilan muzokara qilayotganda, mamlakatdagi inson huquqlari ahvoliga izoh bermaymiz," - deydi BMTning qiynoqlar bo’yicha tergovchisi.

Rossiyaga tashrifdan maqsad, deydi Novak, u yerdagi inson huquqlari ahvoliga baho berish. Rasmiy Moskva u qo’ygan barcha shartlarga, jumladan mahbuslar bilan yakkama-yakka suhbat qilish shartiga ko’ngan.

BMT vakili AQSh hukumatini Kubadagi Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslar bilan xuddi shu shartlar asosida suhbat qilishga ruxsat bermagani uchun tanqid ostiga oldi. Guantanamoni borib tekshirish imkoniyati bo'lsa-da, AQSh Mudofaa vazirligi qo'ygan shartlar rufayli, janob Novak bu qamoqxonaga safar qilishgan bosh tortgan.

Xitoy haqida gapirar ekan, Manfred Novak mamlakatda Falun Gong diniy guruhining 6,000 a’zosi konsentrasion lagerda saqlanayotgani haqidagi ma’lumotni tekshiryapmiz, dedi.

"Agar bu axborot, xususan ushbu guruh a’zolaridan odam ichki organlari savdosida foydalanishyapti degan ma’lumot to’g’ri chiqsa, bu juda jiddiy masala," - dedi BMT vakili.

XS
SM
MD
LG