Yevropa tashkiloti raisi prezident Karimov bilan uchrashdi


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) raisi Karel de Gyuxt rasmiy safar bilan Toshkentda bo'ldi va 1 aprel kuni O'zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi.

Janob de Gyuxt O'zbekistonga tashrifini rejalashtirmagan edi va shuning uchun uning Toshkentga tashrifi ko'pchilik kuzatuvchilar uchun kutilmagan hol bo'ldi.

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Karel de Gyuxt (Karel De Gucht) Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga shu yilning 1 yanvaridan beri raislik qilmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilar janob de Gyuxtning mintaqa bo'ylab safari O`zbekistonning G`arb bilan siyosiy aloqalari o`ta ziddiylashgan bir paytga to`g'ri kelganiga e`tibor qaratishmoqda, biroq shu bilan birga uchrashuvda mazkur ziddiyatli munosabatlarning yechimi haqida so'z ketganiga gumon qilishmoqda. Ularga ko'ra, tashrif davomida ko`proq yangi raisning mintaqa davlatlari bilan tanishuviga urg'u berilmoqda.

Prezident Karimov va YXHT raisi o`rtasidagi uchrashuvda, rasmiy tarqatilgan ma'lumotlarga ko`ra, O`zbekiston prezidenti Karl de Gyuxtning safari nafaqat YXHT raisi balki, Belgiya tashqi ishlar vaziri maqomida ham muhimligiga ahamiyat qaratgan. Tomonlar mintaqadagi xafsizlikni ta'minlashda hamkorlikning muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta`kidladi.

XS
SM
MD
LG