AQSh Ukrainadagi jarayonlarni qo'llab-quvvatlaydi


26 mart kuni Ukrainada parlament, mahalliy kengashlar va hokimiyatlarga saylovlar o'tkazildi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidan qatnashgan kuzatuvchilarga ko'ra, saylovlar erkin va adolatli o'tgan va ular Ukrainaning demokratik islohotlarga sodiqligini namoyish etgan.

Kuzatuvchilardan biri AQSh kongressmeni Alsi Xestings matbuotda keng yoritilgan Ukrainadagi saylov kampaniyasini tortishuvlarga boy bo'ldi, dedi.

"Umumiy va siyosiy huquqlar buzilmadi. Bu esa o'z navbatida saylovchilarga nomzodlar haqida yetarlicha axborotga ega bo'lgan holda, o'z xohishlarini ochiq tarzda bildirishga imkoniyat berdi."

Saylovlarda hech bir guruh ko'pchilik ovozga ega bo'la olmagan bir paytda, ularda ishtirok etgan partiyalar rahbarlari koalitsion hukumat tuzishga kelishib olishlari kerak bo'ladi. Prezident Viktor Yushchenko Ukraina tashqi siyosatini belgilashda davom etish uchun o'z mavqeini va ta'sirini saqlab qoldi. Uning va'da berishicha, Ukraina demokratik va iqtisodiy islohotlar va Yevro-Atlantik integratsiya yo'lidan qaytmaydi.

Qo'shma Shtatlar Ukrainaning saylovlar orqali demokratiyaga sodiqligini namoyish etishdagi muvaffaqiyatlarini olqishlaydi. AQSh Ukraina mustaqilligi va yaxlitligini xurmat qiladi va uning o'z maqsadlariga yetishishida qo'llab-quvvatlaydi. Mart oyida prezident Jorj Bush Ukraina bilan savdo aloqalarini normallashtirishga qaratilgan qonunga qo'l qo'ydi. Sovet davrida Ukrainaga nisbatan qo'yilgan savdo cheklovlari olib tashlandi. Sovuq Urush tugagach esa, Ukraina, prezident Bush nazarida, AQSh ning do'stlaridan biriga aylandi.

"Iqtisodiy erkinlik va xususiy mulkning Ukrainaga o'xshash davlatlarda ta'minlanishi ozodlik va demokratiyaga ko'nikishni kuchaytiradi va fuqarolarni o'z muvaffaqiyatlarini e'zozlashga undaydi."

Mamlakat tarixidagi ilk erkin va odil saylovlarni o'tkazish bilan ukrain xalqi o'zining iqtisodiy islohotlar va demokratik jarayonlarga sodiqligini namoyish etdi. Qo'shma Shtatlar siyosiy, iqtisodiy va boshqa islohotlarni davom ettirishga bel bog'lagan ukrain xalqiga yordam berish uchun tuziladigan har qanday hukumat bilan ishlashga tayyor.

XS
SM
MD
LG