Germaniyada Almatovga qarshi jinoiy ish ochilmaydigan bo'ldi


Human Rights Watch, inson huquqlari tashkiloti nazarida, Germaniya federal prokurori Kay Nem (Kay Nehm)insoniyatga nisbatan jinoyat qilganlikda va Andijon qatliomida qo’li borligida ayblangan O’zbekistonning sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga qarshi jinoiy ish ochmay, Germaniya obro’siga putur yetkazmoqda.

2005 yilning 12 dekabrida, o’zlarini Andijon voqealari jabrdiydalari deb tanishtirgan sakkiz kishi va O’zbekistonda qiynoqlarni boshdan kechirganmiz deya da’vo qilgan bir necha o’zbekistonlik, Germaniya adliyasiga ariza topshirgan edi. Unda Zokir Almatovga qarshi jinoiy ish ochish so’ralgan.

2006 yilning 31 mart kuni esa, Germaniya Federal prokurori Kay Nem Almatovga qarshi jinoiy ish ochmaslgini bildirdi. Bunga sabab, dedi u, tergov ishlari baribir ijobiy natija bermaydi va O’zbekiston hukumati bu borada hamkorlik qilishni istamayapti. “Tergov Germaniyada emas, O’zbekistonda olib borilishi lozim”, -dedi prokuror Nem.

Germaniya qonuni dunyoning qayerida va kim tomonidan sodir etilgan bo’lishidan qat’iy nazar, insoniyatga qarshi qilingan harakatlarni tergov qilishni, muhokama qilib, aybdorni jazoga tortish huquqini kafolatlaydi.

XS
SM
MD
LG