O'zbekistonda zaharli kalamushlar ko'paymoqda


Keyingi yillarda O’zbekistonning Farg’ona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kalamushlar ko’paygan. Ba’zi kuzatuvchilarning bildirishicha, Farg’ona viloyatida keng tarqalgan kulrang kalamushlar nafaqat qishloq xo’jaligi ekinlariga, balki uy hayvonlari, odamlar va bolalar hayotiga ham xavf solmoqda.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Farg’ona vodiysi hududida kalamushlar ko’payib, ular qishloq xo’jaligi ekinlariga, chorvachilikka ham katta zarar yetkazmoqda. Mutaxassislar kemiruvchilarning miqdor jihatdan ortishini keyingi paytda o’lkada g’alla maydonlarining ko’paygani bilan bog’laydi.

Respublika dizenfeksiya xizmati xodimlari joylardagi xo’jaligu tashkilotlar bilan shartnoma tuzib, kemiruvchilarga qarshi kurah bilan shug’ullanish yo’lga qo’yilganini bildirishadi.

“Haqiqatan, farg’ona vodiysi hududida ular juda katta miqdorda tarqalgan va qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazayapti. Mutaxassislar borib o’sha joylarda maxsus qopqonlar, maxsus kimyoviy vositalar bilan ularni juda katta miqdorda qirib, hatto xo’raklar tayyorlash prinsiplarini odamlarga o’rgatib, ularni o’qitib keldi. Mana shu xo’raklarni tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy preparatlarning aksariyat qismi xorijdan olib kelinadi. Navoiy-Azot korxonasiga kalamushlarni qirishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish to’g’risida maxsus ko’rsatmalar berilgan”.

O’zbekistonning cho’l zonalarida yassi tishli sariq kalamushlar uchraydi. Mutaxassislar fikricha, ular turli kasalliklar manbai bo’lishi mumkin. Shu bois kulrang kalamushlar cho’l kalamushlari bilan bog’lanmasliklariga yo’l qo’ymaslik, ya’ni aholi yashaydigan hududlardagi kemiruvchilarning kasallik tarqatuvchi manbaga aylanmasligi uchun tadbirlar qo’llanilmoqda, deydi mas’ul Otabekov.

“Sog’liqni saqlash vazirligining aynan Karantin va o’ta xavfli kasalliklar muhovazasi markazi tomonidan 10 million so’mdan ortiqroq miqdorda mablag’ sarflanib, u joylarda bu tadbirlar o’tkazilgan. Bitta kalamush bir yilda 800tagacha ko’payishi mumkin. Lekin bu kasallik tarqatadigan kalamushlar qatoriga kirmaydi, lekin biz kasallik tarqatgandanam ko’ra qishloq xo’jaligiga, chorva xo’jaliklariga keltirilayotgan iqtisodiy zararning oldini olish asosiy maqsadimiz. Negaki, hali bu kalamushlar orqali biron bir kasallik tarqalib, aholimiz bundan talofot ko’rgani yo’q”, -deydi mutaxassis.

Ba’zi kuzatuvchilar Farg’ona viloyatida ko’paygan kulrang kalamushlar nafaqat qishloq xo’jalik ekinlari, balki uy hayvonlari va odamlar hayoti uchun ham xavf tug’dirayotganini aytishmoqda. Farg’onalik Farhodga ko’ra, ayni payrdagi kalamushlarni quturgan holatda deyish mumkin. Chunki ular uxlab yotgan odamlar va bolalarga ham jarohat yetkazishmoqda, deydi u.

“Qishloqlarimizdagi kalamushlarni omborlardagi g’allalarga yo boshqalarga ma’lum ma’noda tajovuz qilishlarini ham uchratganmiz, bu oddiy holga aylanib qolgan-da qishloqlarimizda. Hattoki shunchalik kalamush ko’pligidan kechalari uylarning ichiga kirib, masalan uxlayotgan odamlarga hujum qilganlari, qo’llarini tishlab olganlari, beshikda yotgan chaqaloqlarga ham hujum qilganlari ham bo’lgan-da kalamushlarning. Masalan bir qishloqda chaqaloqni uxlab yotgan joyida kelib, onasi uxlab yotgan bo’lgan, yuzlarini kalamush tishlab, yeb ketgan”, -deydi Farhod.

Ba’zi mutaxassislar fikricha, o’tgan asrning 40-yillarigacha o’lkada kalamushlarning bu turi bo’lmagan. Urush tufayli Toshkent atrofidagi tumanlarga boshqa mintaqadan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan kalamushlar ham kelib qolgan.

Kulrang kalamushlarning mahalliy oq kalamushlar bilan chatishishi natijasida ularning ginetik jihatdan chidamli yangi avlodi vujudga kelgan. 80-yillarda kemiruvchilar farg’ona vodiysi hududlariga kirib brogan. Bu kalamushlarning chidamliligi va kurashuvchanligi ayni payrda ularning keng tarqalish xavfini ham tug’dirmoqda.

XS
SM
MD
LG