Amerikadagi turkiy tashkilotlar Navro'zni nishonladilar


9 aprel kuni Vashingtonda joylashgan turkiy tashkilotlar va turkiyzabon davlatlar elchixonalari Navro’z bayramini nishonlashdi. Asosiy tashkilotchi AQShdagi turkiy tashkilotlarni o’z ichiga oladigan Amerika Turklari uyushmasi bo’ldi.

Uyushma rahbarlaridan biri Jamol Oltoylining aytishicha, Navro’zni birgalikda nishonlashdan asosiy maqsad amerikaliklarda bayram haqida ko’proq ma’lumot berish va AQShdagi turkiy tashkilotlarni umumiy katta bayramga jalb qilish orqali qardosh xalqlar o’rtasidagi birlikni va madaniyatlarining umumiyligini namoyish qilish.

Bayramda turklar, ozarbayjonliklar, o’zbeklar, qirg’izlar, qozoqlar, turkmanlar, tatarlar, uyg’urlar va boshqa turkiy millat vakillari ishtirok etdilar, milliy raqs va qo’shiqlar orqali o’z san’atlarini namoyish etdilar.

Amerika ovozi O’zbek xizmati haftalik “Amerika Manzaralari” ko’rsatuvining 17 aprel kungi sonida ushbu bayram haqida lavhani efirga uzatadi.

XS
SM
MD
LG