Dindorlarga qarshi tazyiqning yangi to'lqini boshlandi


O`zbekistonda inson huquqlari faollari mamlakatda dindorlarga nisbatan tayziqlarning yangi to`lqini boshlangani haqida ma`lumot berishmoqda. O'nlab kishilar hibsga olingani, ular orasida kamida ikki jurnalist borligi ta`kidlanmoqda.

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan noqonuniy diniy guruhga a`zolikda gumon qilib hibsga olingan fuqarolar ichida o`zbekiston televidenieasida ishlagan ikki jurnalistning borligi haqida xabarlar bor. Ulardan biri “Sport” telekanalining tasvirchisi Rahmonberdi Rahmonqulov, ikkinchisining ismi sharifi hozircha noma'lum.

O`zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi raisi Surat ikromovga ko`ra Rahmonberdi Rahmonqulov 5 aprel kuni hibsga olingan.

- Ota-oanasining meninga kelib aytishicha u 5 aprel kuni hibsga olingan. Hozir unga nisbatan jinoyat kodeksining 241 moddasi bilan ayb qo`yilmoqda. Oradan 5 kun vaqt o`tdi, yoki uni qoyib yuborishlari kerak, yoki unga nisbatan jinoiy ish ochilishi kerak, - deydi Surat Ikromov.

“Sport” telekanali rahbari Omon Burhonovga ko`ra uning telekanalga kelganiga uch oy vaqt bo`lgan. Shu bois ham Rahmonberdi Rahmonqulovning rejissyor yordamchi bo`lib ishlab kelayotgani tashqari, boshqa biron ma`lomot bera olmaydi.

Surat Ikromovga ko`ra O`zbekistonda dindorlarga nisbatan tayziq hech qachon susaymagan. Faqat ko`pincha bundan xabardor bo`lish qiyin kechadi. Surat Ikromovning aytishicha, so`nggi paytda o'nlab dindorlar hibsga olingan va ularga nisbatan qiynoq o`tkazilayotgani haqida ma`lumotlar bor.

Inson huquqlari faollariga ko`ra ayni paytda hibsga olinayotganlar, asosan, namoz o`qishi, boshqa diniy amallarga rioya etishi bilan ajralib turgan bo`lishi mumkin, biroq bu ularning noqonuniy diniy oqimga a`zo bo`lishlariga asos bo`la olmaydi.

Mustaqil kuzatuvchilarning bu boradagi fikrlariga ko`ra esa hukumat dindorlardan siyosiy maqsadda - ekstremist tahdidini kuchaytirish, aholiga ko`rsatilayotgan bosimlarni oqlash uchun foydalanmoqda.

O`zbekistonda jurnalistlarning diniy oqimga, konstututsiyaga tajovuzda ayblanib hibsga olinishi, qamoq jazosiga hukm qilinishi kuzatilmoqda. Yaqinda shunday ayblovlar bilan bir yil mobaynida hibsxonada saqlangan jurnalist Sobirjon Yoqubov unga nisbatan qoyilgan ayblovlar tasdig'ini topmagani tufayli ozodlikka chiqarilgan edi.

XS
SM
MD
LG