AQSh elchisi Qirg'izistondagi vaziyatdan xavotirda


AQShning Qirg’izistondagi elchisi Mari Yovanovich mamlakatdagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi. Elchi Yovanovichga ko’ra, jurnalistlar hamda parlament deputatlari qo’rquv ostida yashamoqdalar. Markaziy Saylov Komissiyasi, hatto militsiya vakillari ham yuraklarini oldirib qo’yganlar, deydi elchi Mari Yovanovich.

AQSh hukumati 12 aprel kuni inson huquqlari himoyachisi Edil Baysalovga qilingan hujumni qoralab, ushbu harakatni Qirg’izistondagi fuqaro jamiyatiga va so’z erkinligiga nisbatan qilingan hujum deb atadi. Shuningdek, AQSh Qirg’iziston hukumatini voqeani tergov qilib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG