Breaking News

Ayrim andijonliklar BMTdan siyosiy boshpana so'ramoqdalar


Andijonda o’tgan yilning 13 mayida yuz bergan qonli voqealarning bir yilligi arafasida o’zini hali ham hukumat tomonidan ta’qib ostiga olinayotganini aytib, ba’zi o’zbekistonliklar BMTning Qirg’izistondagi rasmiylaridan siyosiy boshpana so’ramoqdalar.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi Anorxon Hamdamova qo’shni Qirg’izistonda siyosiy boshpana so’rab, BMT Qochqinlar bo’yicha Oliy Komissarligining O’shdagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.

O’rta maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi bo’lib ishlaydigan 41 yoshli Anorxon Hamdamova 2004 yili o’tkazilgan O’zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar jarayonida ro’yxatga olingan nomzod - “Birlik” faoli Musajon Bobojonovning ishonchli vakili bo’lib ishlagan.

Anorxon Hamdamova “Birlik” faollariga qarshi ko’rsatma bermagan taqdirda, unga nisbatan ishonchli vakil bo’lib ishlagan paytida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash va tarqatish aybi bilan jinoiy ish ochilishi ma’lum qilingan.

Anorxon Hamdamova ikkinchi tergovdan keyin Marhamatdan chiqib ketishga majbur bo’lgan.

13 may – Andijon voqealaridan keyin yuzlab qochqinlar dastlab Qirg’izistondan panoh topdi. Andijon qirg’iniga guvoh bo’lgan oddiy o’zbekistonliklar, jurnalistlar va huquq himoyachilari BMT Qochqinlar bo’yicha Oliy Komissarligining Qirg’izistondagi vakolatxonasi ko’magida uchinchi davlatlarga ko’chirilmoqda.

XS
SM
MD
LG