Breaking News

Turkiya: Qirg'iziston talabalariga grant, Qozog'iston rahbariga mukofot


Turkiya va Qirg'iziston hamkorligidagi ta’lim dasturiga muvofiq 80 nafar qirg’izistonlik yoshlar bakalavr darajasini olish uchun Turkiyaga o’qishga yuboriladi.

Turkiyaning Qirg'izistondagi elchixonasiga ko’ra, grant talabalarning o’qish, yashash, oziq-ovqat, tibbiy xarajatlari, hamda darsliklarini qoplaydi. Bundan tashqari, talabalarga oyiga 115 AQSh dollari miqdorida stipendiya ham belgilangan, deya e’lon qilindi , Xabar axborot agentligida o’tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, Turkiya san’atkorlari va yozuvchilari uyushmasi, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni Turkiy Xalqlar Dunyosiga sodiqligi uchun mukofoti bilan taqdirladi.

Nazarboyevning 2005 yilda e’lon qilgan Markaziy Osiyo Davlatlari Ittifoqini tuzish tashabbusi, hamda davlatlar orasida ittifoqchilik va hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha boshqa takliflari Turkiya tomonidan yuqori baholangan.

XS
SM
MD
LG