Tataristonda narko-sindikat vakillari 80 yildan uzoq muddatga qamaldi


18 aprel kuni, Tatariston oliy sudi uch yildan beri Qir’gizistondan Tataristonga geroin traffiki bilan shug’ullanib kelgan guruhning 12 a’zosi ustidan hukm chiqardi. Ayblanuvchilarga berilgan jazo muddati jami 88 yarim yilni tashkil etadi.

Tergovda ma’lum bo’lishicha, narko-sindikat O’sh va Qozon shahrida joylashgan jinoiy guruhlardan tashkil topgan. O’shdagi guruh Afg’onistondan Qozonga katta miqdorda geroin jo’natib turgan. Qozondagi guruh a’zolari uning savdosiga ma’sul bo’lganlar.

Shu asnoda, guruh tomonidan Qozonga narxi 7.2 million dollarga teng, jami 400 kilogram geroin yetkazilgan.

XS
SM
MD
LG