O'zbekiston uran chiqindisini AQSh yordamida Rossiyaga qaytardi


19 aprel kuni AQSh Energetika vazirligi qoshidagi atom xavfsizligi boshqarmasi O’zbekistondan 63 kilogram kuchli boyitilgan uran moddasini Rossiyaga maxfiy ko’chirish ishlarini yakunladi.

Boshqarmaning bildirishicha, maxfiy amaliyotdan maqsad –uran chiqindisining dushman qo’liga tushmasligini ta’minlashdir.

Davlatlar orasidagi aloqalar susaygan bo’lsada, AQSh atom qurolini tarqatmaslik borasida hamkorlik qilayotgani uchun O’zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

AQShninig O’zbekistondagi elchisi Jon Purnel (Jon Purnell) va Atom xavfsizligi departamenti vakili Andryu Beynyavskiga (Andrew Bieniawski) ko’ra, AQSh hukumati O’zbekistondagi atom reaktorlarini o’zgartirish va ularni past darajada boyitilgan uranda ishlashini ta’minlashda ko’maklashadi.

Boshqarma xodimi Linton Bruksning (Linton Brooks) aytishicha, mazkur xalqaro missiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi ko’p jihatdan O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston va Xalqaro Atom Boshqarmasining sayi-harakatlariga bog’liq. Bugunga kelib, sobiq Sovet respublikalaridan Rossiyaga jami 186 kilogram yuqori darajada boyitilgan uran qaytarilgan. Rossiyada esa bu chiqindi maxsus laboratoriyalarda zararsizlantiriladi.

XS
SM
MD
LG