Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mudofaa vazirlari Pekinda


25 aprel kuni Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlarining mudofaa vazirlari Pekinda yig’ilib, terrorizmga qarshi kurashda Xitoy bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo olti davlat – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Xitoy, Rossiya va O’zbekistonning mudofaa vazirlari ishtirokida o’tadigan anjuman esa 26 aprel, chorshanba kuni boshlanadi, deya xabar beradi Xitoy Mudofaa vaziligi so’zlovchisi.

Shinxua axborot agentligiga ko’ra, muzokaralarda mudofaa vazirlari e’tiborni asosan uch yo’nalish - separatizm, terrorizm va ekstremizm muammolari hamda mintaqaviy xavfsizlik masalasiga qaratadilar.

XS
SM
MD
LG