Yevropa Tashkiloti Andijon bo'yicha qayta sudlovlar talab qilmoqda


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti o’tgan yilning may oyida Andijon qo’zg’olonida qatnashganlikda aybdor deb topilgan kishilarni qayta va adolatli sud qilishga chaqirmoqda.

Tashkilot chiqargan yangi bayonot, o’tgan yili 15 kishining sud jarayoni adolatsiz o’tdi, degan xulosaga asoslanadi. Rasmiy Toshkent ularga qo’yilgan ayblovlarni bekor qilib, xalqaro normalarga munosib tarzda qayta sudlar o’tkazishi kerak, deyiladi bayonotda.

2005 yilda hukumat kuchlari bostirgan Andijon qo’zg’olonidan beri, 180 dan ortiq kishi unda qatnashganlikda aybdor deb topilib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Rasmiy Toshkent Andijonda o’lganlar 200 ga ham yetmaydi desa, norasmiy ma’lumotlar va guvohlarga ko’ra, isyonda 500 dan ortiq kishi jon bergan.

XS
SM
MD
LG