Bakiyev: Namoyishda hukumat uyiga hujum qilinsa, kuch ishlatiladi


Qirg’izistonda hukumatga qarshi namoyishlar avjga chiqar ekan, prezidenti Bakiyev namoyishchilar kelayotgan shanba kuniga mo’ljallangan katta yurishda uning boshqarmasiga hujum qilsalar, ularga qarshi kuch ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Bakiyev, namoyish paytida zo’ravonlik qilinsa, keskin chora ko’rishdan qaytmaymiz, dedi. Muxolifat kuchlar prezident Bakiyevni mamlakatda barqarorlikni tiklay olmayotganlikda hamda korrupsiyaga qarshi kurashmayotganlikda ayblaydi.

AQShning Bishkekdagi elchixonasi namoyishlar paytida har ikki tomondan tinchlik saqlashga va zo’ravonlikka berilmaslikka chaqirmoqda. AQSh nazarida Qirg’iziston islohotlar orqali barqaror va farovon jamiyatga aylana oladi.

XS
SM
MD
LG