Breaking News

1966 yil, 26 aprel: Toshkentni kuchli zilzila titratganiga 40 yil bo'ldi


1966 yilning 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:23 da O’zbekiston poytaxtida dahshatli zilzila sodir bo'ldi.

Rixter shkalasida 5.2 balni tashkil etgan zilzila markazidagi seysmik ta’sir 12 ballik seysmik intensivlik bo'yicha 8 baldan ham oshib ketgan.

Tabiiy ofat 240 yaqin ma'muriy binolarni, 1000 yaqin jamoat obyetklarini, 26 korxona, 181 o'quv yurti va 245 sanoat binolarini vayron qilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yer qimirlashi 300 mingdan ortiq kishini boshpanasiz qoldirgan. Toshkent zilzilasida sakkiz kishi o’lgan va 150 odam jarohat olgan.

XS
SM
MD
LG