Breaking News

O'zbekiston turizm sohasi foyda keltira boshladi


O`zbekistonda o`tgan yil hisob-kitoblariga ko`ra sayyohlarga 40 milliard so`mlik xizmat ko`rsatilgan. Ichki turizmdan tushgan daromad 7 milliard so`mga yaqin bo`lsa, xorijiy sayyohlar hisobiga kelgan daromad 33 milliard so`mga yaqin mablag`ni tashkil etgan. Mutaxassislarga ko`ra, turizm sohasini isloh qilish bilan bu ko`rsatkichlarni yana bir necha barobariga ko`tarish mumkin.

O`zbekiston byudjetiga turizmdan tushayotgan daromad miqdorining asosiy qismi, xorijiy sayyohlar hisobiga to`g'ri keladi. Xorijiy sayyohlarning asosiy kontingenti Germaniya, Britaniya, Fransiya, Turkiya,Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShdir. O`tgan yil hisobiga 300 ming atrofidagi xorijlik O`zbekistonga sayyohlik vizasi bilan tashrif buyurgan.

O`zbekistonda turizmni rivojlantirish, bu borada xizmat sifatini yaxshilash va sarmoyalar jalb etishni ko`zda tutadi. Mavjud sharoitlar, jumladan bir qator yulduzli mehmonxonalarning qurilishi sayyohlar ehtiyojini hisobga olib qurilmagan, balki ko`proq biznes vakillariga mo`lljallangan.

O`zbekistondagi sayyohlik bilan bo`gliq vaziyat haqida izlanishlar o`tkazgan mustaqil jurnalist Alisher Taksanovning bildirishicha, sayyohlikni rivojlanishiga to`siq bo`layotgan muammolar juda ko`p:

- Shuni takidlab o`tishni istardimki, turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri. Biz bu borada aniq imkoniyatlarga egamiz. Bu imkoniyatlarning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan qanoatlantirilmayotgani boshqa masala. Birinchidan, sayyohlik bilan shug`ullanuvchi firmalardan sog`in sigir sifatida foydalanmaslik kerak, tekshir- tekshirlarni kamaytirish lozim. Ayniqsa, O`zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlarni viza olishi jarayonida musaffolikning yetishmasligi, viza uchun to`lovning qimmatligi, politsiya tomonidan qayd etilishining majburiyligi ham bu boradagi to`siqlardan biridir, - deydi Alisher Taksanov.

“O`zbekturizm” tomonidan berilgan mal`umotga ko`ra, turizm sohasini rivojlantirish uchun mamalakat prezidenti tomonidan belgilangan chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.

“O`zbekturizm” Davlat kompaniyasining matbuot kotibi Rustam Davlatovga ko`ra, 2006 yilda turizmni biznes tizimini shakllantirish, sharoitlarni xalqaro darajalarga tenglashtirish uchun aniq choralar belgilangan. Dunyoda O`zbekistondagi turizm maskanlarini reklama qiladigan targ`ibot ishlari keng yo`lga qo`yilmoqda, deydi u.

Rustam Davlatov turizim bilan shug`ullanuvchi firmalarga nisbatan tashkilot yoki boshqa hokimyat vakillari tomonidan bosim o`tkazilayotgani haqidagi ma`lumotlarni asossiz deb hisoblaydi.

Bugungi kunda O`zbekistonda xalqaro andozalarga moslab qurilgan sayyohlik majmuasi sifatida Chorvoqdagi inshootlar keltiriladi. Bu majmualardagi narx- navolarning qimmatligi esa, xuddi shunday raqobatbardosh maskanlar yetishmasligi bilan izohlanmoqda. Bunday majmualarni bunyod etilish uchun sarmoyalar kiritilishi mavjud iqtisodiy va siyosiy vaziyat bilan bo`gliq ekanligi urg`ulanmoqda.

Alisher Taksanovning bildirishicha, buning uchun mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, sarmoya uchun mo`ljallangan muhit yaxshilanishi kerak.

So`nggi yillarda o`zbekistonliklarning xorijiy mamlakatga chiqib dam olishlari ko`rsatkichi keskin tushganligi ta`kidlanadi. Asosan Turkiya, Malayziya, Tailand va Janibiy Koreyaga sayyoh sifatida chiqish kuzatilmoqda.

Toshkentadgi sayyohlik bilan shug`ullanuvchi firma vakilining aytichicha, mamlakat ichkarisidagi dam olish maskanlaridagi narx-navoning eng past ko`rsatkichi kuniga 10 ming so`mni tashkil etadi. Bu imkoniyatdan ham oddiy xalq vakillarining foydalanishi qiyin ekanligi ta`kidlanadi.

XS
SM
MD
LG