AQSh O'zbekistonni Yevropa bilan hamkorlikka chaqirmoqda


27 aprel kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Venadagi yig’ilishida so’zlar ekan, AQSh diplomati Kayl Skot O’zbekistonda Andijon voqealarida ayblangan kishilar ustidan o’tkazilgan sud jarayonlariga xalqaro kuzatuvchilar qo’yilganini maqtadi.

Afsuski, deydi AQSh rasmiysi, O’zbekiston tashkilot oldidagi hamda bir qator xalqaro majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmoqda.

Jumladan, janob Skot ayblanuvchilarning advokat tomonidan himoyalanish huquqi to’liq ta’minlanmaganini ta’kidlab o’tdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti yaqinda chiqargan hisobotga ko’ra, Andijon voqealarida ayblangan 15 kishi adolatsiz sudlangan va jazo o’tamoqdalar.

Tashkilotining Demokratik Institutlar va Inson Huquqlarini himoya qilish idorasi O’zbekiston hukumatidan, aybdor deb topilganlar ustidan o’tgan sud ishlarini qayta ko’rib chiqib, mustaqil va adolatli tergov boshlashni talab qilmoqda.

AQSh diplomatiga ko’ra, “Tashkilotning demokratik institutlar va inson huquqlari, va xususan tashkilotning o’zi O’zbekistondagi vaziyatdan foydalanish yoki unga qarshi ish ko’rish niyatida emas. Aksincha barchamiz O’zbekistonning barqaror, ozod va farovon bo’lishi istagidamiz”, - dedi Kayl Skot o’z chiqishida.

XS
SM
MD
LG