Qirg'izistonning 13 vaziri ishdan bo'shash uchun ariza berdi


2 may kuni Qirg'izistonning 13 vaziri ishdan bo'shashga qaror qildi. Prezident Kurmanbek Bakiyev ularning arizalarini rad etgan.

Transport va madaniyat vazirlaridan tashqari, mamlakatning hamma vaziri ishdan ketish uchun ariza topshirgan, ammo prezident va Bosh vazir Feliks Qulov ularning hech birini qabul qilmagan.

O'tgan hafta Qirg'iziston parlamenti Qulovdan tashqari vazirlar mahkamasidagi hammaning ishini qoniqarsiz deb topgan edi.

29 aprel kuni esa Bakiyev rahbariyatiga qarshi ko'pming kishilik namoyishlar bo'lib o'tgan edi. Namoyishchilar hukumatdan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni kuchaytirishni va korrpusiyaga qarshi ayovsiz kurashishni talab qildi.

XS
SM
MD
LG