Qozog'iston-O'zbekiston chegarasida notinchlik


O`zbekiston va Qozog'iston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashgan. Chegarada kuzatilgan so`nggi majoralar oqibatida har ikki tomondan jabrlanganlar borligi aytilmoqda.

O`zbekiston va Qozog`iston chegarasidagi vaziyat o`tgan oy oxirida Qozog`iston fuqarosi Baurjon Ahmedovning O`zbekiston chegarachilari tomonidan qo`lga olinishidan so`ng boshlangan edi. 2 may kuni esa Toshkentning Yangiyo`l tumanidagi chegara hududida O`zbekiston chegarachisi Erkin Ostonov Qozog’iston fuqarolari tomonidan olib ketilgan.

O`zbekiston va Qozog`iston rasmiylari tomonidan tarqatilgan ma`lumotga ko`ra chegaradan olib ketilgan har ikkila fuqaro ham kaltaklangan. Qozog’iston fuqarosi Baurjon Ahmetov bosdh chano`gidan olgan jarahoti tufayli kasalxonaga yo`tqizilgan, hozir davolanmoqda, xuddi shu tarzda jarohatlangan O`zbekiston chegarachi hozirda Qozog`iston chegara qoshinlari qismida saqlanayotganligi haqida ma`lum qilinmoqda.

Bo`lib o`tgan mojarolarda O`zbekiston tomoni Qozog`istonni, Qozog`iston tomoni esa O`zbekistonni ayblamoqda. Qozog`iston fuqarosining kaltaklanishi yuzasidan Qozog’iston tashqi ishlar vazirligi norozilik bildirib o`z bayonotini tarqatgan edi.

Qozog`istonga ko`ra, kalkatlangan fuqaro - Ahmedov Qozog`iston huqudida chorva boqish bilan shugullanayotgan, aybsiz fuqaro bo`lgan. O`zbekiston tomoni esa Baurjon Ahmedovni chegara to`siqlarini buzibda ayblamaqda.

Shuningdek, O`zbekistonga ko’ra, Qozog`iston fuqarolari sun`iy ravishda mojaroli vaziyat tug`dirishga harakat qilmoqda va bu kontrabanda tovarlarini o`tkazish bilan bo`gliq.

Qozogiston O’zbekiston chegerachisiga nisbatan Qozog`iston fuqarolariga nisbatan tan jarohati yetkazish aybi bilan jinoiy ish ochgan.

Qozogiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O`zbekistonga tashrifidan so`ng mamlakatlar o`rtasidagi aloqalar tiklanayotgani, jumladan chegara muhutidagi vaziyatni yaxshilash uchun qator harakatlar amalga oshirilgani ta`kidlab o`tiladi.

Jumladan, rasmiy tashrif doirasida belgilangan Qozog`istonga ho`l mevalarni yetkazish haqidagi shartnoma ham hozir turli muammolarga uchrayotgani aytiladi.

Kuzatuvchilarga ko`ra, so`nggi paytlardagi voqealar rasmiy Toshkent munosabatlarining nafaqat Qozog’iston balki, boshqa qo`shni davlatlar bilan ham keskinlashganini ko`rsatmoqda.

Mahally ekspertlardan biri Toshpo’lat Yo’ldoshevning ta`kidlashicha, Qozog`iston prezidentining O`zbekistonga tashrifi chog’ida Yevrosiyo hamkorligi tashkilotiga kirish hujjatlarining imzolanishi kutilgan natijani bermagan.

Yo’ldoshevga ko`ra so`nggi paytlarda O`zbekiston va qo`shni respublikalarning munosabatlaridagi keskinliklar, shuningdek, O`zbekistonning dunyodagi mavqei tobora tushib borayotganligi bilan bo`gliq.

Chegara hududlaridagi kelishmovchiliklar ham, Yo`ldoshevga ko`ra, ko`p jihatdan O`zbekiston hukumatining qo`shni davlatlar bilan munosabat o`rnata olmayotganligidandir.

“O`zbekiston hukumati, mavjud tuzum bunday munosabatlar o`rnatish layoqatiga ega emas”, – deya ta’kidlaydi u.

Qozog`iston prezidenti O`zbekistonning Ostonadagi elchisi bilan Toshkent tashrif natijalariga oid masalalarda suhbat o`tkazgan. Suhbatda chegaradagi vaziyat muhokama qilingani taxmin qilinadi.

Kuzatuvchilarga ko`ra O`zbekiston tomonidan bojxona tovarlariga nisbatan belgilangan to`lovlar qiymati yuqoriligicha qolar ekan, chegara hududidagi mojarolar, shuningdek, yagona iqtisodiy hamkorlik doirasini yaratishga harakat qilayotgan davlarlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar ham davom etaveradi.

2000 yildan beri O`zbekiston va Qozog`iston chegara hududlarida yuz bergan to’qnashuvlar tufayli har ikki tomondan 10 ga yaqin kishi halok bo`lgan va ko’plab fuqarolar tan jarohati olgani ta’kidlanadi.

XS
SM
MD
LG