O'zbekiston hukumati AQSh hisobotini tanqid qilmoqda


O’zbekiston hukumati AQSh tomonidan chiqarilgan diniy erkinliklar bo’yicha yillik hisobotini tanqid qildi va unda O’zbekistonning tanqid ostiga olinayotganidan norozi ekanini bildirdi.

Chorshanba kuni chiqqan hisobotda AQShning dunyoda diniy erkinlik bilan bo’gliq vaziyatni o’rganadigan davlat komissiyasi O’zbekiston hukumatining Hizb-ut-Tahrir va boshqa diniy guruhlarni ta’qib qilayotganlikda va e’tiqod erkinligiga g’ov bo’layotganlikda aybladi. O’zbekiston hukumati hisobotda unga berilgan bahoga qo’shilmasligini bildirdi.

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo’yicha komissiyasi hisobotda Davlat departamentidan O’zbekistonga “Alohida xavotirga sabab davlat” maqomini berishni so’ramoqda.

O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi diniy ishlar bo’yicha qo’mita chiqargan bayonotga ko’ra, O’zbekiston hukumatiga qarshi qo’yilgan ayblovlar asossizdir. Bayonotda O’zbekistonda qayd etilgan diniy tashkilotlar va O’zbekistondan haj uchun Saudiya Arabistoniga chiqqan fuqarolar soni tilga olinadi.

XS
SM
MD
LG