G'arb O'zbekistonga nisbatan bosimni kuchaytirishga chorlanmoqda


Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkilotiga ko’ra, O’zbekiston hukumati Andijon voqealaridan davlat xavfsizligi va terrorga qarshi kurash yo’lida so’z erkinligini bo’g’ishda foydalanmoqda.

Andijon qatliomining bir yilligi arafasida, tashkilot vakillari xalqaro hamjamiyatni bu qonli voqeaga va mamlakatda davom etayotgan qiynoqlarga ko’z yummaslikka chaqirmoqda.

“U yerda aslida nima bo’lganini aniqlash va haqiqatni o’rganish maqsadida, tergov o’tkazish ehtiyoji har qachongidan ham muhim”, deyiladi Amnesty tashkiloti chiqargan bayonotda.

Inson huquqlari bo’yicha yana bir xalqaro tashkilot Human Rights Watch esa g’arb davlatlaridan Andijon bo’yicha mustaqil tergov o’tkazish chaqirig’i bilan, O’zbekistonga bosim o’tkazishni talab qilmoqda.

“AQSh va Yevropa birlashib, O’zbekistondan mustaqil xalqaro tergovga ruxsat berilishni talab qilmog’i lozim”, dedi Human Rights Watch tashkiloti rahbari Kennet Rot.

XS
SM
MD
LG