Futbol 13 may qo'rquvi ostida Namangandan Toshkentga ko'chirildi


13 may kuni Namanganda o`tishi kutilayotgan mahalliy “Navbahor” va Farg`onaning “Neftchi” futbol jamoalari o`rtasidagi Oliy Liga uchrashuvining xavfsizlik choralari bois Toshkentga ko`chirilishi ishqibozlarning kuchli noroziligiga sabab bo`lmoqda.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasining aytishicha, o’yinni Toshkentga ko’chirishni ikkala jamoa murabbiysi yozma ravishda so’ragan. Kuzatuvchilar va ayrim ishqibozlarga, ko`ra bu Andijondagi qonli voqealarning bir yilligi bilan bog’liq.

Namanganda kutilayotgan bu uchrashuvni Toshkentga ko`chirilishi futbol ishqibozlarining kuchli noroziligiga sabab bo`lishdan tashqari, ularning o`z sevimli jamoalarini qo`llab-quvvtlashlarini ham murakkablashtirgan.

Odatda, bu uchrashuvga 30-40 ming atrofidagi ishqibozlarning ishtrok etishi urg`ulanadi, avvallari ham bu jamolar ucharshuvida ishqibozlarning to`qnashuvlari kuzatilgan.

“Navbahor” jamoasining ishqibozlaridan biri Nosir Zokirga ko`ra, bunga sabab 13 mayda Andijon voqealariga bir yil to`lishidir. Unga ko`ra jamoalar uchrashuvida avval ham tartibsizliklar kuzatib kelingan.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot kotibi Sanjar Rizayevning izoh berishicha, o'yin “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari murabbiylarining arizasiga binoan Toshkentga ko`chirilgan. Sabab sifatida bu jamoalar ishtirokida o`tgan avvalgi uchrashuvda ishqibozlarning tartibsizliklar keltirib chiqarishgani ko`rsatiladi.

Matbuot kotibiga ko`ra, uchrashuvni Toshkentga ko`chirishdan maqsad unga tomoshabinlarni kiritmaslik emas, chunki futbol ishqibozlari Toshkentga kelib, o`z sevimli jamoalarini qo`llab-quvvatlashlari mumkin

Jurnalist Nosir Zokirga ko`ra, stadionga 40 mingga yaqin ishqibozlar kelishi mumkin bo`lgan, ko`pchilik futbol ishqibozlarida moddiy tomondan Toshkentga kelish imkoniyatining yo`qligi ham kuchli norozilikka sabab bo`lmoqda.

Unga ko`ra, o`yin faqat noqulay ob-havo sharoitlaridagina ko`chirilishi mumkin, bundan tashqari Toshkentda o`tadigan o`yinlarni Televideniye orqali ham ko`rishning imkoniyati cheklanagan, chunki “Sport” telekanalini vodiyda namoyish etililishi ham muammoli.

Farg'onalik ishqibozlarda ham aynan shunday norozilik holatlari mavjud. Farg`onalik kuzatuvchi Abdusalom Ergashev berayotgan mal`umotlarga ko`ra o`yinning 13 mayda o`tkazilishi - Andijonda sodir bo`lgan qonli voqealarning bir yilligiga tog'ri kelishi hukumatni cho`chitib qo`ygan.

Abdusalom Ergashevga ko`ra futbol jamoalarining uchrashuvida biron janjal chiqishi va buning vodiydagi umumiy vaziyatga ta`sir qilishidan tahlikaga tushilgan.

Unga ko`ra, avvallari ham xuddi shunday tartibsizliklar kuzatilgan, biroq o`yin biron xolis maydonga ko`chirilmagan.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasining matbuot kotibi “Navbahor” va “Nefchi” jamoalarining uchrashuvining ko`chirilishi Andijon voqealari bilan qanchalik bo`gliq, yoki bog'liq emasligi haqida ma`lumotlarga ega emasligini bildiradi.

XS
SM
MD
LG