Breaking News

Tojikistonda qoradori savdosiga qarshi kurash avj olmoqda


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov so’nggi besh yil davomida mamlakatda 800 nafarga yaqin rasmiy qoradori savdosiga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingani haqida ma’lim qildi.

“Qoradori savdosi bilan shug'ullanuvchilar chegara va bojxona nazoratiga tushmaslik yo’llarini joriy qilganlar va bunda ularga hukumatda o’tirgan rasmiylar rahbarlik qilmoqda”, dedi Rahmonov, Markaziy va Janubiy Osiyoda giyohvandlikka qarshi kurashga bag’ishlangan xalqaro anjumanda.

Joriy yilning o’zida Tojikiston chegarachilari bir tonnadan ortiq geroin, 17 avtomat, 137 pistolet va o’q dorilar, ikki raketa snaryadini musodara qilib, 71 kishini qo’lga olganlar.

XS
SM
MD
LG