Yevropa Ittifoqi O'zbekistondagi vaziyatdan tashvishda


15 may kuni Yevropa Ittifoqi O’zbekistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi. 2005 yilning may oyida O’zbekistonda kuzatilgan qon to’kilishlardan beri mamlakatda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat yanada salbiylashgan, deyiladi ittifoq kengashi chiqargan bayonotda.

Yevropa Ittifoqi O’zbekistonni Andijon voqealari ustidan mustaqil xalqaro tergov uchun yo’l berishga undamoqda.

Yevropa Ittifoqi, deyiladi bayonotda, O’zbekiston bilan bu va boshqa mavzularda ochiq muzokara qilishga tayyor va mamlakat rahbariyati tashlayotgan qadamlarni birma-bir kuzatib bormoqda.

Kengashning bildirishicha, 2005 yilning 3 oktyabrida O’zbekistondagi vaziyat bo’yicha qilingan xulosa hali ham kuchda qolmoqda va kuzatuvlar tahlili shu yilning oktyabr oyida ayon qilinadi.

XS
SM
MD
LG