Breaking News

Sobiq mudofaa vaziri Qodir G'ulomov ustidan jinoiy ish ochildi


Toshkentda O`zbekistonning sobiq mudofaa vaziri Qodir G`ulomov ustidan jinoiy ish ochilgan. Ma’lumotlarga ko`ra, jinoiy ish iqtisodiy talon-taroj bilan bo`gliq. Kuzatuvchilar esa tergov ortidagi sabablarni boshqacha talqin qilmoqdalar.

Qodir G`ulomovning O`zbekiston mudofaa vaziri sifatidagi faoliyati AQSh va O`zbekiston munosabatlarining strategik sheriklikka asoslangan davriga to`g'ri keladi. Shuningdek, Qodir G'ulomov Yevropa Ittifoqi tomonidan Andijon fojealarida kuch ishlatishga javobgar rasmiy shaxslardan biri sifatida e`tirof etilgan.

Qodir G`ulomov Andijon fojealaridan biroz o`tib, O`zbekistonning Rossiya bilan ittifoqchilik aloqalari rivojlana boshlangach, lavozimdan chetlatilib, O`zbekiston prezidentining ilm fan ishlari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga o`tkazilgan edi.

Kuzatuvchilar buning sababini Rossiya bilan aloqalar rivojlanayotganligi, uning o`rniga shunga muvofiq tarzda xavfsizlik borasidagi mutaxassis qoyilishi bilan izohlagan edi. Qodir Gulomov fizika fanlari bo`yicha qator izlanishlar qilgan olim sifatida tanilgan.

Shundan so`ng Qodir G'ulomovning mamlakatdan qochib ketgani haqidagi ma`lumotlar ham chiqdi, ammo bu mish-mishlar o`z tasdigini topmagan edi. Hozirda sobiq mudofaa vaziri ustidan jinoiy ish ochilgani haqidagi ma`lumotlar huquq-tartibot organlari tomonidan olingan manbalarga asoslanmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qodir G'ulomovga nisbatan jinoiy ish ochilishi uning lavozimdagi faoliyati mobaynida iqtisodiy talon-tarojlikka yo`l qoygani bilan bo`gliq.

Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra O`zbekiston davlat tizimida ishlaydigan har qanday odamni korruptsiyaga aloqadorlikda ayblab, jinoiy javobgarlikka tortish mumkin, chunki davlat tizimi shunga asoslangan.

Uning firkicha, Qodir Gulomov siyosiy tomondan ishonch qozonmaganligi yoki biron joyda Prezident siyosatidan norozi ekanligi aytgan bo`lsa, unga qarshi jnoiy ish ochilgan bo`lishi mumkin.

Andijonda sodir etilgan fojealardan so`ng O`zbekiston kuch ishlatuvchi tizimlar doirasida ikki vazir almashtirildi.

Bundan avval Yevropa Ittifoqi tomonidan Andijon fojealaridagi asosiy aybdorlardan biri sifatida ko`rilayotgan O`zbekiston sobiq Ishki ishlar vaziri Zokir Almatov Buyuk xizmatlari uchun mukofoti bilan taqdirlanib, nafaqaga kuzatilgan edi.

XS
SM
MD
LG