AQSh Markaziy Osiyoda parranda grippi holatini kuzatmoqda


AQSh parranda grippiga qarshi xalqaro kurashni kuchaytirishga chaqirar ekan, Davlat kotibasining global masalalar bo’yicha muovini Pola Dobrianskiy (Paula Dobriansky) xonimning aytishicha, Amerika Markaziy Osiyo davlatlariga ham ehtimoliy pandemiyaning oldini olishda ko’maklashishga tayyordir.

"Biz hozirda bu borada diqqatni mintaqadagi barcha mamlakatlarga qaratganmiz. Migratsion qushlar joydan-joyga uchib o’tishi bilan birga, virus ham tashiydilar. Shu sabab, bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirga kelib to’rt mamlakatda parranda grippi alomatlari kuzatilgan. Jumladan, Pokiston, Hindiston, Afg’oniston va Qozog’istonda",-deydi Dobrianskiy xonim.

AQSh asosan mintaqa hukumatlari berayotgan ma’lumotlarga tayanyapti. Jumladan, O’zbekiston hukumati bilan ham hamkorlikda parranda grippiga doir ma’lumot to’plash harakatida. Parranda grippi alomatlari borligi taxmin qilingan hududlarga texnik mutaxassislar yuborilgan.

XS
SM
MD
LG