Breaking News

O'zbekiston shaxmatchilari Armanistonga yutqazib qo'ydilar


Italiyaning Turin shahrida 37-Jahon Shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. 27 may kuni O’zbekiston erkaklar terma jamoasi 6-turda birinchi o’rinda ketayotgan Armaniston jamoasi bilan uchrashib, 2,5-1,5 hisobida yutqazib qo’ydi. Qosimjonov, Fillippov va Qayumovlar o’z matchlarini durang bilan yakunlagan bo’lsalar, Aleksey Barsov oq donalar bilan partiyani Vladimir Akopyanga boy berdi.

Bugun O’zbekiston Braziliya terma jamoasi bilan bellashadi. Ayni damda O’zbekiston 5-o’rinni 6 jamoa bilan baham ko’rmoqda. Ayollar terma jamoasi esa kecha Turkiyaga qarshi bellashuvda 2,0-1,0 hisobida mag'lub bo'lgan. Bugun ular Islandiyaga qarshi dona suradilar.

XS
SM
MD
LG