Jahon Shaxmat Olimpiadasi: O'zbekiston-Gruziya 1,5-2,5


Italiyaning Turin shahrida o'tayotgan 37-Jahon Shaxmat Olimpiadasida dushanba kuni 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Gruziyaga 2,5-1,5 hisobida yutqazib qo'ydi. Kecha dam olgan Rustam Qosimjonov Baadur Jobavaga qarshi o’ynab, matchni durang bilan yakunladi. Sergey Kayumov partiyani David Arutinyanga, Anton Fillipov esa Merab Gagunashviliga boy berdi. Timur Gareyevgina o'z muxlislarini xursand qilishga muvaffaq bo'ldi. Levan Pansulaya 47-yurishda taslim bo'ldi.

Yakshanba kuni o'tgan 7-turda O'zbekiston terma jamoasi braziliyaliklarni 3-1 hisobida dog’da qoldirgan edi. Grossmeysterlar Timur Gareyev va Saidali Yo’ldoshevlar o’z raqiblarini mag’lub qilgan bo’lsalar, Aleksey Barsov va Anton Fillipovlar partiyalarini durang natija bilan yakunlaganlar.

7-tur natijalariga ko’ra, 19 ochko to’plagan O’zbekiston terma jamoasi yana 3 jamoa bilan 4-o’rinni baham ko’rayotgan edi. Biroq 8-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoaning pastroq o'ringa tushib ketishi aniq.

O’zbekiston shaxmatchi ayollari erkaklardan qolishmaslikka harakat qilmoqda, biroq ularning natijalari ancha kamtarroq. Kecha ular Islandiya ayollarini 2,5 ga yarim hisob bilan mag’lub qilishgan va bugun Litvaga qarshi dona surmoqdalar. Hozircha Litva termasi 2-0 hisob bilan oldinda bormoqda.

O’zbekiston ayollar jamoasi 12 ochko bilan 34-o’rinda ketmoqda.

XS
SM
MD
LG