Breaking News

Qirg'izistonda ikki fuqarolik masalasi ko'rib chiqilmoqda


Ikki fuqarolik, deydi Qirg’izistondagi ayrim qonun chiqaruvchilar mamlakatda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va demografik inqirozni oldini olishga yordam beradi.

Qirg’iziston parlamentining ishchilar migratsiyasi bilan shug’ullanadigan komissiya rahbari Quvonchbek Isabekovga ko’ra, janubdagi 70 foizga yaqin ishga layoqatli aholi, pul topish maqsadida Rossiya va Qozog’istonga ketib qolishi natijasida, mamlakatda ishchi kuchi qo’lmayapti.

“Agar biz ikki fuqarolikka ruxsat bermasak, yoshlarimizdan umrbod ajralib qolishimiz mumkin. Sabab, ketganlar qaytib kelmoqchi emas”, -dedi Isabekov.

Yaqinda Rossiya qonunchiligiga, sobiq Sovet respublikalaridan qonuniy kelganlarga Rossiya fuqaroligini olishni yengilashtiruvchi o’zgartirishlar kiritilganiga qaramay, Qozog’iston va Rossiyaga ketgan qirg’izistonlik muhojir ishchilar hamon noqonuniy ishlaydilar.

Qonun chiqaruvchiga ko’ra, bu holat mamlakatning reproduktivligi, hamda demografik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sabab, muhojir erkak ischilarning barchasi 19-45 atrofida, reproduktiv yoshdadir.

XS
SM
MD
LG