Tojikiston O'zbekiston fuqarolarini josuslikda ayblamoqda


O’zbekiston fuqarosi Ibrohim Yo’ldoshev Tojikistonda josuslikda ayblanib, 13 yilga qamoqqa mahkum etilgan.

Tojikistonning So'g'd viloyat prokuror o’rinbosari Sadullo O’rinovga ko’ra, Yo’ldoshev chegarani noqonuniy kesib o’tganlikda ham aybdor deb topilgan.

“Interfaks” axborot agentligi ayni damda yana bir o’zbekistonlik josuslik aybi bilan sudlanayotgani va aybdor deb topilgan taqdirda, 12 dan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi haqida xabar beradi.

Tojikiston huquq-tartibot organlariga ko’ra, mamlakatda terroristik hurujlar uyushtirishni rejalaganlik va noqonuniy tarzda jangari guruhlar tuzganlikda gumon qilingan bir qator shaxslar hozirda O’zbekistonda panoh topgan.

XS
SM
MD
LG