Breaking News

AQSh Kongressi O'zbekistonga pul bermadi


AQSh Kongressining Vakillar Palatasi chet-el yordam dasturlari uchun 21.3 milliard dollarni o'z ichiga olgan qonun loyihasini tasdiqladi. Unda SPIDga qarshi kurash, AQShga ittifoqdosh va hamkor davlatlarga hamda Sudanning Darfur mintaqasidagi qochqinlarga moliyaviy, iqtisodiy va insonparvarlik yordamini ko’rsatish ko’zda tutilgan.

Prezident Bush tashqi yordam dasturlari uchun Vakillar Palatasi tasdiqlagan raqamdan ikki milliard dollar ko’p pul so’ragan. Uning ichida O’zbekiston qurolli kuchlarining harbiy tayyorgarligi uchun 95 ming dollar so’ralgan edi, biroq kongressmenlar bu pulni ham loyihaning ilk ko’rinishidan olib tashlagan.

Ular nazarida O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat bu mamlakatga harbiy yordam berishni taqozo etmaydi.

XS
SM
MD
LG