Mansur Maqsudi Koka-Koladan 100 million dollar talab qilmoqda


Prezident Islom Karimovning sobiq kuyovi Mansur Maqsudi Avstriyadagi arbitraj tribunali, ya’ni da’volarni sudsiz hal qiluvchi organ orqali, Coca-Cola (Koka-Kola) kompaniyasidan 100 million dollar talab qilmoqda.

Maqsudi da’vosida Koka-Kola rahbariyatini O’zbekiston hukumati bilan til biriktirib, uning Toshkentdagi kompaniyasi ulushini tortib olganlikda ayblamoqda.

Koka-Kola rahbariyati esa ayblovlarni qat’iyan rad etib, ularni quruq safsata deb ta’riflagan. Kompaniyaga ko’ra, O’zbekiston hukumati bilan til biriktirilmagan va bu har bir sud va arbitraj hakamlari oldida isbotlanadi.

1992 yilda Mansur Maqsudi egaligidagi ROZ Limited kompaniyasi va Koka-Kola orasida shartnoma imzolanib, Toshkentda Koka-Kola yaxna ichimliklari uchun idishlar ishlab chiqarishga kelishib olingan edi.

Mansur Maqsudi 2001 yilda prezident qizi Gulnora Karimova bilan ajrashgach, uning biznesi hukumat tomonidan tortib olingani va uning oilasi mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo’lganini ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG