Breaking News

Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yo’llar qurishni rejalamoqda


Shanxayda o’tayotgan sammitda rasmiy Pekin vakillari Xitoy-Qirg’iziston-Tojikiston-O’zbekiston orasida katta avtomagistral qurishni taklif etdilar. Qurilishning ilk bosqichi, Tojikiston-O’zbekiston qismi uchun, Xitoy hukumati 7.5 million dollar ajratadigan bo’ldi.

Xitoy rasmiylariga ko’ra, Shanxay Tashkilotiga a’zo davlatlar orasida magistral qurish mamlakatlarning iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shanxayga a’zo davlatlar va Xitoy orasida ayni damda 25 katta yo’l mavjud. Ulardan 15 tasi Rossiya, yettitasi Qozog’iston, ikkitasi Qirg’iziston va bittasi Tojikiston bilan bog’langan.

XS
SM
MD
LG