Breaking News

Tojikistonda bir kunda to’rt portlash sodir bo’ldi


15 iyundan 16 iyunga o’tar kechasi Tojikiston poytaxti Dushanbeda uch portlash yuz berdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, ilk portlash Eron elchixonasi yonida, 15 iyun kuni kech soat 11:30 da ro’y bergan. Yigirma daqiqa o’tgach, ikkinchisi, mamlakat Islomiy partiyasining hayriya jamg’armasi yonida harakatga keltirilgan. Uchinchi portlash 16 iyun kuni ertalab, soat 8:30 da mamlakat Konstitutsiyaviy sudi yonida, hukumat binosidan 300 metr uzoqda sodir bo’lgan.

Qurbon bo’lganlar va jarohatlanganlar haqida xabarlar yo’q. Mamlakat xavfsizlik xizmati mazkur ish yuzasidan tergov ishi boshlagan. Portlashlar terrorchi xuruji yoki boshqa sabab tufayli amalga oshirilgani ham hali aniqlanmagan.

Bundan tashqari Dushanbedan 20 km uzoqlikda gaz quvuri ham portlagani, va buning oqibatida Dushanbe aholisi gazsiz qolgani ma’lum qilinmoqda.

Ichki ishlar vaziriligiga ko’ra, portlash kuchi yigirma metr balandlikka yetgan."Alangani o’chirish uchun 5 soat vaqt ketdi, ammo hamon o’t ochiruvchilar voqea joyida ishlamoqdalar, dedi Ichki ishlar mutasaddilari.

XS
SM
MD
LG